Zinchenko 360 kundan keyin yana gol urdi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko Angliya Kubogining 1/32 finalida "Port Veyl" darvozasiga gol urishni uddaladi.

"OPTA" xabariga ko'ra, 23 yoshli ukrainalik futbolchi "shaharliklar" tarkibida 360 kunlik golsiz seriyasiga barham berdi. So'nggi bora u 2019 yilning yanvarida raqiblari darvozasiga yo'l topgandi.

Ushbu mavsumda Zinchenko ilk golini urish uchun 14 uchrashuv sarf qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA