Zidanning katta o'g'li Fransiya termasida o'ynashga qaror qildi

25 fev 2014, 19:52
Jahon futboli afsonasi Zinedin Zidanning katta o'g'li Enco Zidan Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi.
18 yoshli Enco "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, nafaqat Fransiyaning balki Ispaniyaning ham fuqorosi hisoblanadi. Shunday bo'lsa u otasining izidan borib, Frnaciya termasini tanlashga qaror qildi.

"Balki keyinroq qarorini o'zgartirar, lekin hozircha Enco Zidan Fransiya terma jamoasida o'ynashga qaror qilib turibdi", - deya Fransiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Villi Sanoldan Football Espana iqtibos keltirmoqda.

Encodan tashqari "Real" akademiyasida Zidanning yana uch o'g'li – Luka, Teo va Ellias tarbiyalanmoqda.

Manba: sports.ru