

"Ronaldu nomiga xushtak? Buni tushunmadim, ammo menga ham xushtak chalishgan. Bunaqasi futbolda bo'lib turadi. Muxlislar futbolchilardan ko'pini talab qilishadi, "Santyago Bernabeu" esa - o'zgacha stadion. Krishtianu bu haqda yaxshi biladi va havotirlanmaydi. Asosiysi, biz o'z vazifalarimiz bilan olg'a qadam tashlashimiz" - deydi Zidan.


