Zidan: "Kepa? Menga darvozabon kerak emas"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2018, 17:24
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Selta"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 18-tur uchrashuvidan oldin matbuot-anjumanida ishtirok etdi va ayni damda unga darvozabon kerak emasligini aytdi.

Oldinroq, "Atletik" posboni Kepa Arrisabalaga "Real" bilan shartnoma tuzib, tibbiy ko'rikdan o'tgani e'lon qilingan edi.

"Ayni damda menga posbon kerak emas. Iyunda bo'lishi mumkin, ammo hozir emas. Shu sababli "Real"da to'p tepmaydigan futbolchilar haqida gapirmayman" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital