Zidan JCH-2006 haqidagi xotiralarini esladi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2022, 09:13
Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Zinedin Zidan JCH-2006 haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

O'sha musobaqa chorak finalida Fransiya Braziliyani 1:0 hisobida mag'lub etgandi. 

"Bu mening Fransiya terma jamoasi tarkibidagi eng zo'r o'yinlarimdan biri bo'lgandi. Men jarohat bilan o'ynagandim. 

Ispaniyaga qarshi 1/8 final bahsida, jamoamizning uchinchi golini kirita turib, jarohat olgandi. Oyog'imda muammolar bo'lgandi. Bu haqida xech kim bilmagan. 

Tibbiy ko'rikka bordim va menga Braziliyaga qarshi o'ynamasligimni aytishdi. Men esa: "Nima? Men Braziliya bilan o'ynamaymanmi?" degandim. 

Tibbiyot xodimlari maydonga chiqishim uchun barcha ishni qilishdi. Shundan so'ng men o'ynadim. Chunki buni judayam istagandim. 

Har bir o'yin men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin edi. Har bir soniyadan zavq olishni istagandim", - dedi Zidan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe