Zidan "Atletiko" bilan chempionlik kurashi haqida gapirdi

Alisher
2 yanv 2020, 12:24
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan chempionlik tituli uchun "Atletiko" bilan raqobati haqida gapirdi.

"Hozir "matraschilar" Primerada birinchi o'rinda borishmoqda. Ammo men chempionlik kurashi faqat "Real" va "Atletiko" o'rtasida bo'ladi deb o'ylamayman. Men kimdir kurashga qo'shiladi deb hisoblayman.

Mening kelajagim? Hech narsani bilmayman. Men shunchaki har bir lahzadan zavq olmoqdaman", - deydi Zidan.

"Real" ayni damda 33 ochko jamg'argan holda Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Atletiko"da 35 ochko bor, ammo "matraschilar"ning zaxirada 2ta o'yini ham bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca