Joze Mourinyo: “Torres u uchun to'langan mablag'ning yarmini oqlab bo'ldi”

Tolibjon Qosimov
27 avg 2013, 17:45
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo, klub hujumchisi Fernando Torresning jamoada katta rolni bajarishini aytib o'tdi.

“Torres u uchun to'langan pullarning yarmini oqlab bo'ldi.

U Chempionlar ligasi bahsida klubga g'alaba keltirgan golni kiritdi. Bu esa uni klubga bir necha million keltirganidan dalolat beradi.

Shu bilan birgalikda Torres bizlarni Chempionlar ligasiga olib chiqqan “Everton”ga qarshi o'yindagi kiritilgan ikkinchi golga mualliflik qildi. Bu ham bir necha million.

Bularning bari unga to'langan 50 mln funtni bermas, lekin 20 mln funtdan ortiqroq mablag'ni berdi.

Shuning uchun aytish kerakki Torres o'z ishini bajarayapti”, - deydi Mourinyo.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru