Joze Mourinyo: Nimaga Mata maydonga kam tushmoqda? Hozir uni o'rnida Oskar o'ynamoqda

Narzulla Saydullayev
21 sen 2013, 09:29
Chelsi ustozi Joze Mourinyo yarim himoyachi Xuan Mataga asosiy tarkib o'yinchisi sifatida qaramayapti.
Mata nimaga kam maydonga tushayotganligini faqat uning o'zi bilan muhokama qila olaman. Bu matbuot uchun emas. Bu faqat futbolga bog'liq.

U mening taktik sxemamga moslashishi lozim. Hozir jamoadagi o'ninchi raqam Oskar hisoblanadi. Agar kim braziliyalik futbolchi mavsum boshidan buyon eng yaxshi ekaniga shubha qilsa unga qarshi chiqishga tayyorman.

Men jamoani Oskarning atrofida qurmoqchiman. Qolgan hujumkor yarim himoyachilar bunga moslashishlari lozim, – deydi Mourinyo. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru