Joze Mourinyo: “MYU”da bosh murabbiy bo'lishni hech o'ylab ko'rmaganman”

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013, 11:21
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo, chempionatning 3-tur doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindan oldin, ushbu klubda bosh murabbiy bo'lishni o'ylab ko'rmaganligini va Aleks Fergyuson bilan juda yaxshi munosabatda ekanligini aytib o'tdi.

“MYU” klubini boshqarish hech ham xayolimga kelmagan. Men bu haqda hech ham orzu qilmaganman. Men barcha e'tiborimni o'z jamoamga qaratganman va boshqa narsalar haqida o'ylamayman. Hozirda faqat bitta masala “Old Trafford”da “MYU”ni qanday mag'lub etish haqida bosh qotirayapman.

Fergyuson menga o'z faoliyatini tugatishi haqida aytgandi, men buni sir saqlagandim. Men esa unga “Chelsi”ga qaytishimni aytgandim. Lekin o'sha paytda “Real” bilan shartnomam borligi sababli, bu haqida aniq bir qaror yo'q edi. Lekin shunday bo'lsada, bir kunmas bir kun “Chelsi”ga qaytishimni bilgandim.

Biz bir-birimiz bilan sir almashardik, futbol haqida ko'p suhbatlashardik. U mendan futbolchilar haqidagi fikrimni so'rar edi. Bizni ko'p narsa bog'lab turadi. Biz bir birimizga ishonamiz”, - deya ta'kidladi Mourinyo.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru