Joze Mourinyo: "Manchester Siti" "Barselona"ni mag'lub eta oladimi? Nimaga yo'q?"

10 mar 2014, 18:34
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya klublari "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalarining YCHLdagi javob o'yini oldidan ularni imkoniyati haqida gapirib o'tdi.

"Manchester Siti" "Barselona"ni mag'lub eta oladimi? Nimaga yo'q? Manchester klubi "Barselona"ni yutishi mumkin albatta. O'tgan turda "Barselona"  "Valyadolid"ga yutqazib qo'ydi. Shuningdek, yaqindagina "Valensiya" Kataloniyada ularni dog'da qoldira olgandi. Bu ishni Manuel Pellegrini jamoasi ham uddalay oladi.

"Arsenal" haqida gapiradigan bo'lsam, ularni vaziyatni o'nglay olishlari juda ham qiyin masala. Lekin bu "Arsenal"dek jamoani qo'lidan keladi.


Manba: sports.ru