Joze Mourinyo: Ikki marta PSJga rad javobini berganman

Narzulla Saydullayev
12 okt 2014, 17:47
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo PSJ klubidan ikki marta taklif bo'lganini tan oldi.
Men Anchelottidan oldin Parij klubiga kelishim mumkin edi. Ikki marta PSJdan taklif olib uni rad qilganman. Ushbu klub bilan Fransiya chempioni bo'lish u qadar qiyin emas.

Hozir PSJda yaxshi murabbiy bor - Loran Blan. Parij klubi YCHLni yutishi mumkin. Finalda Chelsi – PSJ to'qnash kelsa ajoyib bo'lardi.

Monako? Ularning loyihasini tushunmadim. Xames va Falkao ketdi, investiciya kamaydi.

Portugaliya terma jamoasida ishlaymanmi? Vatan kutib turadi. Hozir yarim yo'ldaman. Yana 15 yil murabiylik qilaman, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru