"Darvozabon har o'yinda almashadigan futbolchi emas. Bu yerda muvozanat bo'lishi kerak. 10 yil oldin men Karlo Kudichinini Petr Chexga almashtirganimda juda qiynalganman. Menda ko'p yillar darvozani yaxshi qo'riqlay oladigan ajoyib darvozabon bor edi. Hozir ham voqealar bir-biriga o'xshaydi. Biz klub kelajagi haqida o'ylashimiz kerak va men Kurtua foydasiga qaror qabul qildim" - deydi Mourinyo.
Oldinroq Petr Chex PSJga 10 million evro evaziga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. "Chelsi"da legionerlar ko'payib ketdi (17taga ruxsat etilgan, jamoada 18ta legioner), shu sababli londonliklar ularning sonini kamaytirishi kerak.