Jorjo Kellini: 2004 yilda Romaga, 2007 yilda APLga o'tishim mumkin edi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2014, 09:16
Yuventus himoyachisi Jorjo Kellini faoliyati davomida bir necha bor klubini almashtirishga yaqin bo'lganini aytib berdi.
2007 yilda Angliya premer-ligasiga o'tishim mumkin edi. Shunday bo'lsa yomon bo'lmasdi, lekin Yuventus – mening taqdirim. 2004 yilda Romada paydo bo'lishim mumkin edi. O'shanda tomonlar transferni deyarli kelishib bo'lishgandi.

Yuventusga kelganimda Juliano Jannikedda katta akamdek munosabatda bo'lgandi. Ortiqcha so'z aytishga qo'rqardim, lekin u menga ko'p narsani o'rgatdi.

Faoliyatimni tugatgach futbolda qolishni istardim, lekin murabbiy bo'lmasam kerak. Bu judayam asabiy ish.

Hozircha futbolchilikni to'xtatish haqida o'ylamayapman. Menimcha 38 emas 34-35 yoshimda butsalarimni mixga ilsam kerak.

Faoliyatim yakuniga qadar AQSHda o'ynashni istardim. U yerda yashashni orzu qilaman, – deydi italiyalik himoyachi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru