OAV vakillari savollariga jamoa bosh murabbiyi Jorje da Silva va himoyachi Husayn Abdulg'ani javob qaytarishdi.
Jorje da Silva (“Al-Nasr” bosh murabbiyi): - Jiddiy musobaqa ostonasida turibmiz. Qitaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasida g'olib chiqishni kim ham istamaydi deysiz. “Al-Nasr” hozirgi paytda har qanday musobaqada g'olib chiqishga qodir jamoalardan biri. Bizni kelajagimiz ham juda-juda porloq, deb bemalol ayta olaman. Turnirni o'z maydonimizda boshlayotganimiz ham qandaydir qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Jamoam o'yinga to'liq tayyor. So'nggi paytlarda ketma-ket uchrashuvlarda ishtirok etgan bo'lsak-da, shogirdlarimning jismoniy holatidan ko'nglim to'q. Ertaga kim tayyor bo'lsa o'sha futbolchilarni maydonga tushiraman.
Husayn Abdulg'ani (“Al-Nasr” himoyachisi, jamoa sardori): - Osiyo Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga barcha imkoniyatlarimiz bor. Shu boisdan ham o'z oldimizga faqat va faqat yuqori vazifalarni qo'yganmiz.