Jordan Ayyu faoliyatini “Shalke”da davom ettirishi mumkin
Tolibjon Qosimov
22 iyun 2014, 16:40
Gana terma jamoasi hujumchisi Jordan Ayyu faoliyatini bundesligada davom ettirishi mumkin.
Keyingi yilda shartnomasi nihoyasiga etadigan “Marsel”ning 21 yoshli futbolchisiga “Shalke” qiziqish bildirgan. O'tgan mavsum Ayyu “Sosho” tarkibida 17 bor maydonga tushib, 5 marta gol urgan.