Jizzaxlik muxlislar Samarqandga borishadi

Aslanov Jasurbek
14 may 2015, 11:31
16 may kuni Samarqandda Dinamo-So'g'diyona uchrashuvi bo'lib o'tadi.

So'g'diyonaning jonkuyar muxlislari shanba kuni Samarqandda Dinamo jamoasi bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda. Ular o'z sevimli jamoalarini stadiondan turib qo'llab quvvatlashni reja qilishgan. Bu ikki qo'shni shaharlar jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar azaldan ko'pchilikni e'tiboridan chetda qolmay kelgan. Bu ikkala jamoaning so'nggi turlardagi o'yinlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Samarqanddagi uchrashuv ancha qiziqarli o'tishini tahmin qilish mumkin.

Futbolga befarq bo'lmagan muxlislarni 16 may, shanba kuni o'z sevimli jamoalarini Samarqanddagi stadionda qo'llab-quvvatlab turishga chorlab qolamiz!


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcsogdiana.uz