Braziliya futboli ham bundan mustasno emas…
Braziliyalik futbolchilar esa kuchli futbol namoyish etishadi va o'ziga xos texnikasi, o'yinchilarining juda qiziqqonligi bilan ajralib turadi. Lekin tarixga bir nazar tashlaymiz
To'pponchali hakam
Futbolchi o'yin qoidasini buzdi, hakam hushtak chaldi, ayblanuvchi esa unga etiroz bildira boshladi… Bu kabi manzarani yashil maydonda ko'plab uchratish mumkin. Xo'sh, shunday vaziyatda, hakam qanday qaror qabul kilishi kerak? Ogohlantirish berishi maydondan chetlatishi lozim, - deb o'ylayotgandirsiz. Siz haqsiz. Ammo, Braziliya futbolining o'ziga xos taraflaridan biri shuki, undagi ehtiroslar chegara bilmaydi…Ko'z oldingizga 1960-yillar o'rtalaridagi o'rtoqlik uchrashuvini keltirib ko'ramiz. Qoidalar xudi hozirgidek, faqat sariq va qizil kartochkalar hali amalga kiritilmagan. Demak, o'yin o'rtalarida jarima maydonchasiga yorib kirayotgan hujumchini raqib himoyachisi qo'pollik bilan to'xtatib qoladi. Tabiiyki, hakam penalti belgilaydi. Qoidani buzgan futbolchi va uning jamoadoshlari esa, bu qarordan noroziligini bildirib, uni o'rab olishadi. Xo'sh, hakam nima qildi, ayblanuvchilarga?, Deya qiziqayotgandirsiz? Unda buyog'ini eshiting. Etiros va tortishuvlardan sabr kosasi to'lib ketgan referi, avvaliga: Men bilan ko'p talashishga hechkimning haqqi yo'q deya jar soladi va kiyimi ostiga yashirib qo'ygan to'pponchasini chiqarib, futbolchilarni o'qqa tuta boshlaydi. O'yinchilardan biri yuragidan o'q eb, o'sha erning o'zidayoq jon berdi, ikkinchisi esa qornidan jarohatlanib, qonga belandi. Qolganlari har tomonga qochib, jonlarini saqlab qoldilar.Tomoshabinlar ham maydondagi g'alati hodisadan karaxt ahvolga tushib qolishdi. To's-to'polondan foydalangan hakam esa, o'yingoh ortida o'tlab yurgan sodiq tulporiga minib, ko'zdan g'oyib bo'ladi.
Eslatib o'tmoqchiman: bu afsona, latifa yoki hind filmidan bir ko'rinish emas. Xudi shu vaqt Braziliya g'arbidagi Matu-Grosu shtatining Korumba shahrida sodir bo'lgan. Bu vohada hatto bugungi kunlarimizda ham, to'pponchadan muammolarni hal etishdagi eng asosiy vosita sifatida foydalanishadi. Bu qiziqarli hikoyaga aniqlik kiritib o'tishim joiz. Gap shundaki, Ushbu uchrashuvga tayinlangan hakam o'yinga kelmagach muxlislardan biri o'z xizmatini tavsiya etadi. Jamoa sardorlari esa uning ism-sharifini so'rab o'tirmasdan, hushtakni tutqazishadi. Nega deysizmi? Chunki Braziliyada futbol qoidalarini bilmaydigan insonning o'zi yo'kda! Ko'ngilli hakam esa, oxir-oqibat qoyil qilib chiqdi va uni policiya xodimlari ham izlab topa olishmadi…
Oq ko'ylak, qora kostyumdagi hakam va galstukli futbolchilar
Braziliya futbolidagi hakamlik haqida hikoya qilar ekanmiz, XX-asr boshiga sayohat uyushtirib, sizlarni yanada qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tsam.
Ejidno de Souzu Ranya – bu inson Braziliya futboli tarixidagi eng birinchi referi sifatida tarixga kirgan. U boshqargan 1902 yil 3 maydagi Makenzi - Germaniya uchrashuvi esa shu mamlakatning ilk chempionatini ochib bergan edi. Shunisi diqqatga sazovorki, futbolchilar maydonga bayramona kiyimlar va uzun shimlarda tushushgan. San-Paululik nemis muhojirlaridan tarkib topgan Germaniya jamoasi a'zolari, hatto, galstuk taqib olishni ham unutishmagan. Biroq bu narsa ham ularga yordam bermadi, yutqazib qo'yishdi – 1:2.
Shu birinchi mavsum so'ngidayoq futbolchilar bayramona liboslar o'rniga kalta shortilar va tennis tuflilaridan foydalana boshlashdi. 1918 yili San-Paululik hakam Odilon Penteado maydonda tizzagacha tushgan shorti, uzun qora paypoq, butsi, oq ko'ylak va qora kostyumda ko'rinish berdi. Shu libos uning hamkasblari tomonidan yaxshi qabul qilindi va ko'p yillar davomida hakamlarning asosiy kiyimi sifatida foydalanildi.
Shu o'rinda yana bir faktni keltirib o'tish lozim. O'sha paytlarda hakamlar ko'mitasi, tabiyki, mavjud bo'lmagan, har o'yinga hakam ikki jamoa sardorlari roziligiga binoan tayinlangan. Qanot hakamlarini ham raqib jamoalar tavsiya etishgan – har kim o'zinikini.
Vijdon azobi
Vaqt o'tishi bilan Braziliya futbolidagi samimiylik o'rnini sekin-asta ziddiyatlar egallay boshladi. 1920 yil 11 iyuldagi Korintianas - Santos uchrashuvida misli ko'rilmagan hisob qayd etildi – 11:0 Bu kabi sharmandalikning o'ziga xos sabablari bor edi. Gap shundaki, bosh hakam Edurdo Turizano Santosning haqli to'pini e'tiborsiz qoldirib, Korintianasning nohaq kiritilgan uchta to'pini inobatga olgandi. Adolatsizlikka chiday olmagan santoschilar, jarohatlarini bahona qilib, birin-ketin maydonni tark eta boshlashdi. Bu ham etmagandek, o'z darvozalariga uchta to'p ham kiritishdi. O'yin tugashiga 17 daqiqa qolganida hakam uchrashuvni yakunlashga majbur bo'ladi. Axir Santos a'zolaridan maydonda bor-yo'g'i to'rt kishi qolgandi-da! Bir kundan so'ng esa Santos mamuriyati, jamoa chempionatda ishtirok etmasligini e'lon qiladi.
Sizlarga hikoya qilib bermoqchi bo'lgan ajoyib holatlarning yana biri 1934 yilning 2 iyulida ro'y bergan. Salvadordagi Garsa o'yingohida Baiya va Vitoriya (4:1) jamoalari kuch sinashayotgandi. Birinchi taymdan so'ngida bosh hakam Vivaldo Tavares Baiya darvozasiga penalti belgilaydi. Nuqtadan yo'llangan zarbani mezbonlar darvozaboni chiroyli ravishda bartaraf etadi. Ammo to'p tepilishidan avval u o'z darvozasi chizig'ini kesib o'tgani bois, hakam penaltini qaytadan amalga oshirish lozimligini ko'rsatadi. Ana shu yerda noroziliklar avj olib, muxlislar birin-ketin maydonga yopirilib kela boshlaydilar. Olomon orasida qolgan hakam ham o'z nasibasini oldi: 24 yoshli Baiya muxlisi Bitonya, uning yuziga musht tushirdi. Voqea joyiga yaqin turgan policiya xodimlari esa ayblanuvchini darhol Xibsga olib, mahkamaga jo'natishadi. Voqeaning g'aroyibligi muxlisning policiya idorasiga yuborilishida emas, balki uning o'z joniga qasd qilishidadir. Policiya komissari Varela qaydnoma tuzib, Bitonyaning pul evaziga ozod etilganini rasmiylashtiradi. Bitonya uyiga kelgach, hakamga etkazgan ozoridan vijdon azobida qiynala boshlaydi. Do'stlari va yaqinlari uni har qancha ovuntirishmasin, o'z-o'zini kechira olmagan muxlis dori ichib, hayotiga nuqta qo'yadi.
Bir o'ylab qo'ring, aziz muxlis: Siz Paxtakor yoki Neftchi muxlislaridan birining o'z xayotiga qasd qilishini tasavvur eta olasizmi? Yana vijdon azobidan-a?!
O'n ikkinchi o'yinchi
Yaqinda o'tkazilgan Braziliyaning quyi liga chempionatlaridan “Aparesidense” va “Tupi” jamoalari o'rtasidagi o'yinda “Aparesidense” jamoasining massajchisi Romilda Fonseka da Silva o'z jamoasi darvozasini ikki bora goldan qutqarib qoldi. “Tupi” futbolchisining yaqin masofadan turib “Aparesidense” darvozasiga bergan zarbasini darvozabon qaytardi, darvozabondan qaytgan to'pga yana berilgan zarbani esa jamoa massajchisi to'sib, undan keyin berilgan uchinchi zarbani maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
“Tupi” futbolchilari “Aparesidense”ning “o'n ikkinchi” o'yinchisini quvishga tushib ketishgani sababli, o'yin 20 daqiqaga to'xtatib qo'yilgan. Lekin, shundan keyin ham o'yin davom ettirilmay, 2:2 – durang natija bilan yakunlanadi.
Bu hisob “Aparesidense”ni to'liq qanoatlantirdi – begona maydondagi durang natija jamoani chorak final bahsiga olib chiqdi. Massajchi Romilda Fonseka da Silva qilgan ishini “Faqatgina shu harakatim jamoani keyingi bosqichda ushlab qolishi mumkin edi.” Deb izohlagan. Bunga javoban “Tupi” jamoasi rasmiylari esa bu vaziyatga “Braziliya futboli tarixidagi eng uyatli vaziyat”, deb baho berdi.
Yashang, o'rtoq hakam!
Latifanoma bu vokea 1940 yilda ro'y bergandi. Tuna Luzo va Remo klublari Para shtati chempionligi uchun final bahsida maydonga tushushgandi. Mavsum ko'rsatkichlari bo'yicha Remo o'z raqibidan bir ochko oldinda edi va uni durang ham qoniktirardi. Uchrashuv so'ngigacha tabloda 1:1 hisobi porlab turdi. Shu payt Tuna Luzo hujumchisi sherigidan to'pni qabul kilib, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqa boshladi. Darvozasiga to'p kritilishidan xavsiragan Remo himoyachisi Koelyu, ajoyib ishga qo'l uradi. U hech ikkilanmay to'pni qo'li bilan ushlab oladi, uni erkin to'pni o'yinga kiritganday tepib yuboradi va hakamga xitob qiladi: Yashang, o'rtoq hakam! O'yindan tashkari holatni bunchalik aniq baholash faqat sizning qo'lingizdan keladi! Nima gap ekanligini tushunmay, shoshib qolgan referi ham o'yinni davom ettirish haqida ko'rsatma beradi. Original tarzda ushlab qolingan durang natija, Romega chempionlik tojini kiydirdi.
Qirol bo'lsang o'zingga
Braziliya futboli zarvaraqlarini o'kishda davom etar ekanmiz, mashhur xakam – Armando Markesni alohida tilga olib o'tish zarur. To'liq ismi Armando Nunes Roza da Kastaneyra Markes bo'lgan bu inson aqlbovar qilmas ishga qo'l urgan. U 1961 yil futbol qiroli Peleni, Santosda (!), 20000 muxlis ko'z o'ngida (!) maydondan haydab chiqargan. Bu paytga kelib, Pele haqiqiy Qirol darajasiga ko'tarilgandi va unga nisbatan bu kabi choraning qo'llanilishi muxlislar g'azabini qo'zg'atdi. Minglab ishqibozlar Markesni o'yingohdan tirik chiqarmaslikka qasam ichishdi va tashqariga olib chiquvchi barcha yo'llarni egallab olishdi. Hakam hayoti xavf ostida qolgan bir paytda, yaqin do'sti yordamga keldi: u Markesning ust-boshini kiyib olib, muxlislarni chalg'itishga tushadi. Fursatdan foydalangan Armando esa juftakni rostladi…
Anna shunaqa, aziz muxlislar. Afsonalar o'lkasi bo'lmish Braziliyada hakamlik qilish – kata tavakkalchilikka qo'l urish demakdir. Shu bois bo'lsa kerak bu kasbni tanlagan inson kamida ikki xil jang sanatini puxta bilmog'i lozim. Mushkatyorlarning mashhur shiori ham u yerda sal boshqacharoq talqin etiladi: hamma bir kishi uchun, bir kishi o'zi uchun!
Turdiboy Sultanov tayyorladi.
Siz tarjima qilgan maqola, tahlil, intervyu yoki prevyular saytimizdan o'rin olishini istaysizmi? U holda saytimizning forumida ochilgan maxsus bo'limdan foydalaning.