

"Jenoa" jamoasi Italiya chempionatini oltinchi pog'onada yakunlashdi va Yevropa ligasida ishtirok etuvchi yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Biroq klub UEFAdan musobaqaga qatnashuvchi licenziyani olishmagan. Sababi klub hujjatlarda zaxira stadionini ko'rsatmagan. Ular to'p suradigan "Luidji Ferraris" stadioni esa UEFAning talablariga mos kelmaydi. Shu bois ularning o'rniga A Seriyada ettinchi o'rinni olgan "Sampdoriya" jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.



