JCH-2014 stadionlari. “Arena das Dunas” (Natal)

Narzulla Saydullayev
24 may 2014, 16:23
2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Kecha mundialning ochilish uchrashuvini qabul qiluvchi San Paulu shahridagi “Arena de Korintians” stadioni haqida ma'lumot bergandik.

Navbat Natal shahrida barpo etilgan “Arena das Dunas” stadioniga yetib keldi.



“Arena das Dunas” sobiq “Mashadao” stadioni o'rnida bunyod etilgan. Qizig'i ushbu stadionning loyihasi avval butunlay boshqacha edi. Ammo Jahon chempionati uchun qurilishi ma'lum bo'lgach loyiha o'zgartirilgan.

Bu stadion Konfederatsiyalar kubogini ham qabul qilishi rejalashtirilgandi. Ammo turli qog'ozbozliklar tufayli qurilish 15 oyga cho'zilib ketdi. Stadionda barlar, restoranlar va boshqa ko'ngilochar bo'limlar mavjud. Uning atrofiga xalqaro mehmonxonalar, amfiteatr, yashil bog' va sun'iy ko'l qurish rejada bor.

Jahon chempionatidan so'ng bu stadionda faqat futbol o'yinlari bo'lib o'tmaydi. Yiliga 30ga yaqin tadbirlar orqali stadionning qurilish uchun ketgan puli qoplanadi.



To'liq nomi: "Arena das Dunas"

Qurilish boshlangan sana: 2011 yil
Ochilgan sana: 2014 yil 26 may
Stadion egasi: Natal shahri hokimiyati
Stadion sig'imi: 45 000
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: arenadunas.com.br



Qizilqarli faktlar
Stadion tribunalari yig'ma konstrukciyalardan tashkil topgan. Jahon chempionati o'yinlari bo'lib o'tgach tomoshabinlar uchun o'rindiqlar sonini 32 000tagacha kamaytirish mumkin.

Arena shaharning eng katta ikki ko'chasining o'rtasida joylashgan. Mundial vaqtida bu yerda kelish juda ham qulay va tez bo'ladi.

Stadion nomi va tashqi ko'rinishi ushbu shahar o'zining qum tepalari bilan mashhurligini bildirib turadi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
13 iyun
Meksika - Kamerun

16 iyun
Gana - AQSH

19 iyun
Yaponiya - Gretsiya

24 iyun
Italiya – Urugvay


Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia