JCH-2014. "E" guruhi. Shakiriga atalgan kecha yoxud Shveytsariya keyingi bosqichda

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2014, 03:27
Jahon chempionatining "E" guruhi ham yakun yasaldi. Kuchli jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishgan bo'lsa, ikki omadsiz jamoa musobaqani erta tugatishga majbur bo'lishdi.
Bu kvartetning so'nggi turida Gonduras - Shveytsariya hamda Ekvador - Fransiya jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.

Gonduras - Shveytsariya o'yini oldidan gondurasliklar keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qotishgandi. Shveytsariya esa g'alaba qozonishi talab etilardi. Gonduras uchun ushbu o'yin katta ahamiyatga ega bo'lmagan bo'lsada, jamoa o'z muxlislari va mundialdan g'alaba qozonib qaytish maqsadida chiroyli va ochiq o'yinni raqiblariga taklif etishdi. Shveytsariya esa ko'proq tezkor qarshi hujumlardan foydalanishni afzal bildi. Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Jyerdan Shakiri o'zining kuchli va aniq zarbasi bilan uchrashuvdagi hisobni ochdi, 0:1.

Gonduras jamoasi o'tkazib yuborilgan goldan so'ng ham hujumkorlikni pasaytirmadi va asosiy e'tiborni oldinga qaratishdi. Ottmar Xitcfeld jamoasi esa o'yinning 31-daqiqasida yana bir to'p kiritishga erishdi. Yana o'sha tinib-tinchimas Jyerdan Shakiri jamoadoshi Drmichdan ajoyib pasni qabul qilib oldi va aniq zarbasi bilan o'zining ikkinchi golini kiritdi, 0:2.



Ikkinchi bo'limda ham Gonduras asosan hujumlar uyushtirdi. Lekin to'p kiritish yana shveytsariyaliklarga nasib etdi. Uchrashuvni yuqori darajada o'tkazgan Jyerdan Shakiri yana Drmichdan to'pni qabul qilib oldi va o'zining aniq zarbasi evaziga jamoasining uchinchi to'pini kiritib, uchrashuvda xet-trik qayd etdi.
Jyerdan Shakirining gollari Shveytsariyani keyingi bosqichga yo'l olishini taminladi.



Dide Lesham jamoasi so'nggi turgacha masalani hal etishganligi uchun, murabbiy Ekvadorga qarshi o'yinda dastlabki ikki turda zaxirada qolgan bazi futbolchilarni tushirdi. Ekvador esa g'alaba qozonish uchun bor kuch-g'ayratini ushbu bahsga sarfladi. Keskin kurashlar ostila kechgan bu uchrashuvda hech bir jamoa gol kirita olmadi. Har ikkala jamoada ham etarlicha vaziyatlar kuzatildi, lekin to'pni darvozaga kirgizadigan futbolchi topilmadi.  Murosasiz o'tgan o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi.



Shunday qilib, ushbu guruhdan Fransiya va Shveytsariya jamoalari kutilganidek keyingi bosqichga yo'l olishdi.
Deyarli barcha guruhlarda sensaciyalar qayd etilgan bo'lsa, bu kvartetda kutilmagan natijalar kuzatilmadi va oldindan keyingi bosqichga yo'l olishi taxmin qilingan jamoalar ishonchni oqlashdi.

JCH-2014. "E" guruhi, 3-tur uchrashuvlari.

EKVADOR - FRANSIYA 0:0
01:00. Rio-de-Janeyro. "Marakana" stadioni.
Bosh hakam
: Numandiz Due (Kot-d'Ivuar).

Ekvador
: Domingez, Paredes, Guagua, Eraso, Ayovi, Arroyo (Achilier, 82), Minda, Noboa (Kaysedo, 89), Antonio Valensiya, Montero (Ibarra, 63), Enner Valensiya.

Fransiya
: Loris, Sanya, Koselni, Saxo (Varan, 60), Din, Shneyderlin, Pogba, Matyuidi (Jiru, 67), Remi, Grizmann (Remi, 79), Benzema.

Ogohlantirish
: Erazo (83).

Chetlatish: Antonio Valensiya (50)


GONDURAS - SHVEYTSARIYA 0:3
01:00. Manaus. "Amazoniya" stadioni.
Bosh hakam:
Nestor Pitana (Argentina).

Gollar: Shakiri (6, 31, 71)

Gonduras: Valladares, Figeroa, Bernandez, X.Garsiya, Palasios, Bengston, Kostli (J.Palasios, 40), B.Garsiya (Najar, 77), Espinoza, Klaros, Bekeles.

Shveytsariya: Benalo, Lixshtayner, Inler, Jaka (Lang, 77), Behrami, Rodrigez, Mehmedi, Drmich (Seferovich, 72), Juru, Shaer, Shakiri (Jemayli, 87).

Ogohlantirish: J.Palasios (66).


"E" guruhi
yakuniy jadvali.

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Fransiya32108 - 267
2Shveytsariya32017 - 616
3Ekvador31113 - 304
4Gonduras30031 - 8-70


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia