

Yevropa chempioni Ispaniya yoshlari Urugvayga qarshi Bursada maydonga tushishdi. O'yinning asosiy vaqtida hech bir tomon gol ura olmadi. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisi tugayotgan vaqtda urugvaylik Avenatti urgan gol Janubiy Amerika jamoasiga g'alaba keltirdi.
Endi Urugvay yarim finalda Iroq - Janubiy Koreya juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Urugvay U-20 – Ispaniya U-20 1:0 (0:0, 0:0, 1:0)
6 iyul,Bursa Otaturk Stedium
Gol: 1:0 – 103 Avenatti.
Urugvay U-20 – de Amores, Rodriges, G. Varela (Velaskes, 109), Silva, Ximenes, de Arraskaeta, Pais, Laksalt, Kristoforo (Avenatti, 98), Asevedo (Rolan, 78), N. Lopes.
Ispaniya U-20 – Sotres (Yanes, 91), Mankilo, Israel, Derik, Suso, Kampanya (Pako Alkaser, 68), O. Torres, Saul, Bernat, Deulofeu (D. Suares, 87), Xese.
Ogohlantirishlar: Saul (89), Ximenes (115).
7 iyul
Gana - Chili
Iroq - Janubiy Koreya



