

Tunda Gana va Chili o'rtasidagi o'yin undan oldin o'tgan Iroq - Janubiy Koreya o'yinidan aslo qolishgani yo'q. O'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida tugadi. Qo'shimcha taymlarda ikkala jamoa bittadan gol urdi. O'yin taqdirini hal qilgan gol 120-daqiqada ganaliklarni yarim final sari etakladi.
Yarim final o'yinlari 10 iyul kuni bo'lib o'tadi.
20:00. Fransiya - Gana
23:00. Iroq - Urugvay
Gana U-20 – Chili U-20 4:3
Gollar: 1:0 – 11 Odjer, 1:1 – 23 Kastilo, 1:2 – 27 Enrikes, 2:2 – 72 Assifua, 2:3 – 98 Enrikes, 3:3 – 113 Salifu, 4:3 – 120 Assifua.
Gana U-20 – Ofori-Antvi, Nketia (Addiko, 63), Baba, Attama, Larti, Aboadji, Salifu, Odjer (Narx, 106), Achimpong, Boachi (Ashia, 70), Assifua.
Chili U-20 – Melo, Larenas (Kuevas, 71), Lixnovski (Uerta, 78), Kampos (Maturana, 82), Rabelo, Robles, Fuentes, Bravo, Baesa, Kastilo, Enrikes.
Ogohlantirishlar: Larti (44), Rabelo (64), Odjer (88), Robles (96), Attama (97), Assifua (111), Enrikes (116).



