JCH-2013. Fransiya chempion!

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2013, 01:43
Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Final uchrashuvida jamoalar 120 daqiqa davomida gol ura olishmadi. Natijada chempionni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.

Unda francuzlar darvozaboni Alfons Areola ikkita zarbani qaytardi va Fransiya yakunda 4:1 hisobida zafar quchdi. 

Fransiya U-20 – Urugvay U-20 0:0 penaltilar seriyasi 4:1 
13 iyul, Tyurk Telekom Arena 
Fransiya U-20
– Areolya, Din (Poloma, 115), Zuma, Fulke, Sarr, Kondogbia, Pogba, Veretu, Toven, Baebek (Bosetti, 65; Ngando, 112), Sanogo. 
Urugvay U-20 – de Amores, Ximenes (G. Varela, 84), Silva, Velaskes, Rodriges (Olasa, 101), Kristoforo, Pais, Laksalt (de Arraskaeta, 71), Asevedo, Avenatti, N. Lopes.
Ogohlantirishlar:  Velaskes (35), Pogba (61), Kristoforo (77), Veretu (93).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia