Jahongir Jiyamurodov yana "Mashal"ga qaytdi

18 yanv 2015, 08:16
"Olmaliq" klubi futbolchisi Jahongir Jiyamurodov endi faoliyatini "Mashal"da davom ettiradi.
Futbolchi "Mashal" bilan shartnoma imzoladi va keyingi mavsumni "gazchilar" safida davom ettiradigan bo'ldi.
Aytib o'tish joizki, Jiyamurodov aynan "Mashal" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ortda qolgan yillarda yarim himoyachi "Nasaf", "Neftchi" , "Olmaliq" klublari sharafini himoya qildi.

"Men shu klubda futbolchi sifatida shakllandim. Undan tashqari o'zim faoliyat olib borgan klublarga ham minnatdorchilik bildiraman. Har bir o'ynagan jamoam men uchun qadrlidir. Bu jamoalar ichida "Mashal" menga alohida ahamiyatga ega bo'lgan jamoa hisoblanadi. Bor kuchim bilan shu klub sharafini himoya qilaman. Bu yerda menga barcha narsa qadrlidir" , deydi Jiyamurodov

Manba: fcmashal.uz