Jahon chempionatlarining rasmiy to'plari: Meksika-1970. (Telstar)

Aziz Tukhtamuradov
1 iyun 2014, 08:46
Adidas ilk bora ushbu Mundialda o'z to'plarini taqdim etgan.
Ushbu to'p charmdan tayyorlangan bo'lib, 12 qora beshburchak hamda 20 oq oltiburchaklardan tashkil topgan.


Telstar nomi 1962 yilda osmonga uchirilgan sun'iy yo'ldosh nomidan olingan. Bundan tashqari to'pni Star of Television (Televideniya yulduzi) deb ham atashgan. Chunki ushbu to'p oq-qora televizordagi namoyishlarga judayam mos tushgan.


Meksikada bo'lib o'tgan musobaqa TV orqali ilk bora to'g'ridan-to'g'ri namoyish etilgan Mundial hisoblanadi. Ushbu chempionat uchun bor-yo'g'i 20 ta Telstar to'pi taqdim etilgan. Keyinchalik esa ushbu koptokning 600 000ta nusxasi sotilgan.



Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia