Zenit sport direktori Konstantin Sarsaniya vafot etdi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2017, 22:12
Bugun Sankt-Peterburg shifoxonalaridan birida Zenit sport direktori Konstantin Sarsaniya vafot etdi.

Sarsaniya ikki kun oldin shifoxonaga tushib qolgandi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach u FIFA agenti licenziyasiga ega bo'lgan va bir qator futbol klublarida ishlagandi.

Uning so'nggi ish joyi Zenit klubida sport direktori lavozimi edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-zenit.ru