“Zenit” bosh direktori David Luizning jamoaga o'tishi haqidagi xabarga izoh berdi

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2020, 20:50
Aleksandr Medvedev bu ma'lumotni rad etgan.

“Bu navbatdagi mish-mish, haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Maqsadimiz RPLni yutish. Undan keyin esa yangi mavsum uchun jamoani shakllantiramiz, transferlar mavzusi hozir yopilgan. Umid qilamanki, muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritamiz – bu esa bizga bo'lajak transfer oynasi oldidan ko'proq o'ylash imkonini beradi”, deydi Medvedev.

Braziliyalik himoyachi joriy mavsum so'nggida “Arsenal”ni tark etadi. U APLda 25 uchrashuvda qatnashdi va 2+1 natija ko'rsatish bilan birga 4ta sariq oldi hamda bir bor maydondan chetlatildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com