"Zarafshon-PFK" oliy ligaga chiqishni maqsad qilmoqda

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013, 12:30
Navoiyning "Zarafshon-PFK" klubining maqsadi oliy ligaga chiqish.
Ushbu vazifani bajarish uchun klubga bir qator tajribali futbolchilar jalb etilmoqda.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra "So'g'diyona" klubidan Akmal Abdurahmonov va Xurshid Yo'ldoshev Navoiyga yo'l olishgan. Bundan tashqari yaqinda "Olmaliq" bilan xayrlashgan himoyachi Akmal Rustamov ham "Zarafshon-PFK"ga o'tishga yaqin. "Metallurg"da bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan yarim himoyachi Ruslan Vagapov ham Yuriy Lukin boshqaryotgan jamoa safidan o'rin olishi kutilmoqda.

Klub "Guliston"ning bir nechta futbolchilariga ham haridor. Ammo hozircha aynan qaysi futbolchilar "Zarafshon-PFK" murabbiylari qiziqishga sabab bo'lgani ma'lum emas.

"Zarafshon-PFK" birinchi liganing ikkinchi bosqichini 4-o'rinda boshlaydi. Navoiy klubi 27 ochko jamg'arib ikkinchi o'rindagi "Andijon"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda. 3-o'rindagi "Qo'qon-1912" hisobida 28 ochko mavjud.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia