"Yuventus"ning yangi prezidenti kim bo'lishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022, 16:25
Janluka Ferrero "Yuventus"ning yangi prezidenti etib tayinlanadi.

Bugun Turin klubi direktorlar kengashining yangi tarkibi e'lon qilinadi, 18 yanvardan boshlab funkcionerlar o'z vazifalarini bajarishga kirishadilar.

Noyabr oyi oxirida prezident Andrea Anelli boshchiligidagi sobiq direktorlar kengashi iste'foga chiqdi. Mauricio Skanavino "byankoneri"ning yangi bosh direktori etib tayinlandi. Katta ehtimol bilan u endi boshqaruvchi direktor lavozimini egallaydi. Klubning boshqaruv tuzilmasi o'zgaradi. Demak, direktorlar kengashida avvalgidek 10 emas, 5 yoki 6 kishi bo'ladi. Seshanba kuni klubning yangi byudjeti tasdiqlanadi.

Avvalroq Turin prokuraturasi "Yuventus"ning sobiq rahbariyatiga qarshi ayblovlarni ilgari surgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Mediaset