"Yuventus"ga "Borussiya" M futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
15 okt 2023
"Borussiya" M yarim himoyachisi Kuadio Kone faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" ma'lumotiga ko'ra, uni "Yuventus" o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. "Keksa sinora" futbolchi uchun "Bavariya" bilan kurashishga tayyor turibdi.

22 yoshli futbolchi ushbu mavsum Germaniya chempionatida 2 o'yinda maydonga tushdi. Uning transfer summasi 40 mln evro atrofida baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato