"Yuventus" va Remzi o'zaro shartnomani bekor qildi

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2022, 22:10
Futbolchi “Yuve”ni tark etadi.

Turin klubi Aaron Remzi bilan kelishuv bekor qilinganini ma'lum qildi. Remzining shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qilishi kerak edi.

Ma'lumot uchun, Remzi o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida uch martagina maydonga tushgan. Mavsumning ikkinchi yarmini esa "Reynjers" tarkibida muvaffaqiyatli o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com