"Yuventus" va PSJga "Anje" futbolchisi kerak

Alisher
8 okt 2019, 14:08
"Anje" himoyachisi Rayan Ayt Nuri jamoadan ketishi mumkin.

Qayd etish kerakki, 18 yoshli futbolchi uchun "Yuventus" va PSJ klublari raqobatlashmoqda.

Bitimning ehtimoliy narxi 15-20 million evroni tashkil etadi.

Fransiyalik futbolchi "Anje"ning asosiy jamoasida shu yildan e'tiboran o'ynab kelmoqda.

Nuri 2018 yildan buyon Fransiyaning 18 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe