"Yuventus" Superligadan chiqib ketmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2023, 08:56
"Yuventus" Yevropa Superligasidan chiqib ketish harakatida.

Klub bu borada "Real" va "Barselona" bilan muzokara boshlagan. Turinliklar rasmiy saytida bu haqida rasman e'lon qilingan. 

Qayd etilishicha, klubning chiqib ketishi faqat "Real" va "Barselona" ruxsati bilangina amalga oshadi. 

Klub sobiq prezidenti Andrea Anelli ushbu loyihaga qo'shilishda asosiy figuralardan biri bo'lgandi. Dushanba kuni u futbolchilarga maosh to'lash bilan bog'liq ish sabab, 16 oyga futboldan chetlatildi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Reuters