“Yuventus” “Real Madrid” afsonasi bilan shartnoma imzolamoqchi

Khoja
8 fev 2024, 10:10
“Real Madrid”da 10 yil davomida harakat qilgan Toni Kroos yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Football Italy ma'lum qilishicha, yarim himoyachi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin. Turinliklar yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan 34 yoshli futbolchi bilan shartnoma tuzishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Kroos “Qirollik klubi”da 2014 yildan beri harakat qilib keladi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Football Italy