"Yuventus" Morataning ijara muddatini uzaytirmoqchi

Alisher
16 mar 2021, 14:21
"Yuventus" ispaniyalik forvard Alvaro Morata bilan hamkorlikni davom ettirishga qiziqmoqda.

Hujumchi "keksa sinora" tarkibida ijara asosida o'ynamoqda, uning transfer huquqi Madridning "Atletiko" klubiga tegishli.

Klublar kelisha olishsa, "Yuventus" Morata uchun yana bir yilga 10 million evro miqdorida ijara puli to'laydi.

28 yoshli futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasida 21ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assist qayd etdi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira