"Yuventus" Morata uchun "Atletiko"ga kimlarni taklif qilmoqchi?

Sherzod Nurmatov
7 sen 2020, 01:54
"Yuventus" hujumchi poziciyasi uchun o'yinchi izlashda davom etyapti.

AS xabariga ko'ra, turinliklar "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morataga qiziqish bildirmoqda, u 2014-2016 yillarda "byankoneri" safida o'ynagan.

"Yuventus" ispaniyalik uchun o'z yarim himoyachilaridan birini taklif qilishi mumkin, bular - Federiko Bernardeski, Duglas Kosta yoki Aarona Remzi bo'lishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Atletiko" o'z futbolchisini 80 million evrodan ortiqroqqa baholamoqda.

Oldinroq, "Yuventus" "Barselona" forvardi Luis Suares bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS