"Yuventus" "Liverpul" yarim himoyachisi uchun 25 mln evro taklif qildi

Omonjon To`xtamirzayev
9 avg 2017, 11:05
"Yuventus" "Liverpul" futbolchisidan umid uzganicha yo'q.

Italiya OAV xabariga ko'ra, turinliklar Blez Matyuidi va Stiven Nzonzi variantlaridan voz kechgan, hamda bor e'tiborini nemis futbolchisiga qaratgan.

"Yuventus" ingliz klubiga futbolchi uchun 25 mln evro taklif qildi. Takidlash lozim, bu "mersisaydlar" so'rayotgan summaga juda yaqin, avvalroq "Liverpul" Emre uchun 30 million so'rayotgani ma'lum bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Emre Janning "Liverpul" bilan yana bir yillik shartnomasi mavjud. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru