"Yuventus" jamoadan ketgan Ronaldu o'rniga bomba transfer tayyorlamoqda

Оқил Абдубарноев
15 dek 2021, 19:04
Turinning "Yuventus" klubi jamoaga yulduz futbolchini olib kelmoqchi.

O'tgan yozda "Yuve" asosiy yulduzini yo'qotdi - portugaliyalik goleador Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolab, Angliya Premer-ligasiga qaytdi.

"Oltin to'p"ning besh karra sohibi klubdan ketganidan keyin "keksa senorlar"da jiddiy inqiroz boshlandi. Massimiliano Allegri shogirdlari hujum chizig'ida katta muammolarni boshdan kechirmoqda. Jamoa A Seriya doirasida so'nggi 17 uchrashuvida bor-yo'g'i 23 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hatto "Verona" va "Bolonya" ham turinliklardan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Shu sababli "Yuventus" hujum chizig'ini kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi. "Bavariya" markaziy hujumchisi Robert Levandovski klub e'tiboriga tushgan.

Oldinroq polyak futbolchisi Myunxendagi faoliyatidan keyin Italiyaga ko'chib o'tishi mumkinligini tan olgandi.

Forvardning "Bavariya" bilan shartnomasi 1,5 yildan keyin yakuniga etadi. Robert "Oltin to'p" uchun ovoz berish natijalariga ko'ra, ikkinchi o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Todofichajes