“Yuventus” Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga ko'z tikdi

22 noya 2019, 08:42
Turinliklar “Dinamo Zagreb”dan futbolchi sotib olishi mumkin.

Ispaniya terma jamoasi hamda “Dinamo Zagreb” klubi yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Futbolchining xizmatlari bilan “Yuventus” jiddiy qiziqib qoldi. Biroq Turin klubi Olmoni qo'lga kiritish uchun “Barselona” hamda “Manchester Yunayted” bilan kurash olib borishiga to'g'ri keladi.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum “Dinamo” safida 6 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. Bundan tashqari Ispaniya terma jamoasi safida debyut qilib, gol ham urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport