"Yuventus" Ikardini mavsum so'ngiga qadar ijaraga olishi mumkin

Alisher
19 yanv 2022, 18:24
Turinning "Yuventus" klubi PSJ hujumchisi Mauro Ikardini ijaraga olishga tayyor.

Francuz klubi rahbariyati argentinalik forvardni ijaraga berib yuborish haqida o'ylamoqda.

"Keksa sinora" Federiko Keza jarohat olib, mavsum so'ngiga qadar safdan chiqqanidan so'ng hujumchi qidirish harakatiga tushib qolgan.

Ikardidan tashqari, da'vogarlar orasida "Manchester Yunayted"dan Antoni Marsyal va "Zenit"dan Syerdar Azmun bor.

Ikardi joriy mavsum PSJ tarkibida Liga 1 doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia