"Yuventus" futbolchisi operaciya qilinadi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2018, 17:53
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan bugun qalqonsimon bezdagi tugunni olib tashlash uchun operaciya qilinadi.

Futbolchi 1 oy maydonga tusha olmasligi mumkin. 24 yoshli o'yinchining operaciyasi Frankfurtda bo'lib o'tadi.

Jan joriy mavsum o'z jamoasi safida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato