"Yuventus" futbolchisi jamoada baxtli emas

Alisher
10 okt 2019, 11:39
"Yuventus" xavbeki Emre Jan jamoadagi o'rnidan norozi.

"Men "Yuventus"da baxtli emasman. Men juda ham kam o'ynamoqdaman.

O'tgan mavsumda ko'p o'ynadim va "Yuve" uchun muhim o'yinlarda yaxshi qatnashdim", - deydi Jan.

"Bu mavsumda menga kam imkoniyat berishmoqda. Ammo, klubga qaytar ekanman, o'zimni ko'rsatish uchun menda yaxshi imkoniyat bo'ladi".

Emre joriy mavsum A Seriyaning 3ta o'yinida atigi 78 daqiqa harakat qildi. Bundan tashqari, u jamoaning CHL guruh bosqichi uchun topshirgan qaydnomasida ham yo'q.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal