"Yuventus" ertaga Barcali va Buffon bilan shartnomani uzaytiradi
10 may 2016, 23:35
Turinning "Yuventus" klubi ertaga prezident Andrea Anelli ishtirokida matbuot anjumani o'tkazishini e'lon qildi.
Matbuot anjumanida jamoa sardori Janluiji Buffon va himoyachi Andrea Barcali ham qatnashadi. Klub katta ehtimol bilan ertaga bu ikki futbolchi bilan shartnomani uzaytirishi kutilmoqda.