

Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Yuventus" jamoasi o'z darvozasini ketma-ket 7 o'yindan buyon quruq saqlab kelmoqda. Janluiji Buffon Italiya chempionati doirasidagi Udineze (4:0), Roma (1:0), Kevo (4:0), Jenoa (1:0) bilan o'yinlarda qo'riqlagan bo'lsa, Netu Italiya kubogida Lacio (1:0) va Interga (3:0) qarshi bahslarda darvozada turgan.



