Yuventus bir kunda barcha abonementlarni sotib bo'ldi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2018, 10:59
Turin klubi abonementlarning dastlabki qismini 4-18 iyul kunlari sotgandi.

Bu vaqt oralig'ida faqat o'tgan mavsum abonementlariga ega bo'lganlar xarid qilishlari mumkin edi.

95% foiz muxlislar yangi mavsum uchun maxsus kirish ruxsatnomasini sotib olishdi.

Kecha qolgan abonementlar sotuvga chiqdi va narxi 30 foizga qimmatlashganiga qaramay, bir kunning o'zida sotib bo'lindi.

Jami 29 300 mavsumiy abonementlar sotildi. Yuve taxminan 30 million evro ishlab topdi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: calciomercato