"Yuventus" Bernardeskini sotishga qaror qildi

Alisher
3 noya 2020, 12:53
Hujumkor yarim himoyachi Federiko Bernardeski qishki transferlar oynasida "Yuventus"dan ketadi.

"Keksa sinora" rahbariyati 26 yoshli o'yinchini transferga qo'yishga qaror qilgani ma'lum bo'ldi.

Bernardeskiga "Barselona", "Atletiko" va "Chelsi"dan qiziqish bor. Futbolchining Turin klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Federiko Turin grandiga 2017 yilning yozida 40 million evro evaziga o'tgandi.

Yarim himoyachi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato