"Yuventus" Alaba uchun francuz klubi bilan kurashadi

11 okt 2020, 01:34
Yevropaning 2 top-klubi "Bavariya" himoyachisi David Alabaga da'vogarlik qilmoqda. Avstriyalik futbolchi kelasi yozda erkin agentga aylanadi.

Bu haqda Tuttosport nashri xabar qildi. "Yuventus" Alaba uchun "Pari Se-Jermen" klubi bilan raqobat qilishi kerak. Parijliklar David bilan yozda "Chelsi"ga o'tib ketgan Tyago Silvaning o'rnini to'ldirmoqchi.

O'tgan yozda Alabaning agenti mijozi Myunxen klubini tark etishni istayotgani haqida ma'lumot bergandi. Ma'lumot uchun, 28 yoshli himoyachi "Bavariya" tarkibiga 2009 yilda kelib qo'shilgan. U ortda qolgan vaqt davomida nemis grandi uchun 389 o'yin o'tkazib, 31 gol va 49 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport