"Yuventus" 6 yillik antirekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2018, 15:28
A Seriyaning 34-turida "Yuventus" "Napoli"ni qabul qildi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" futbolchilari ushbu bahsda raqib darvozasiga birorta aniq zarba bera olishmagan. Shunday qilib turinliklar o'zlarining 6 yillik rekordini yangilashdi. So'nggi marta bunday holat 2011/12 mavsumda kuzatilgan ekan.

Mag'lubiyatga qaramay "Yuventus" ayni damda A Seriyada yetakchilik qilmoqda. Turin klubi va "Napoli" o'rtasidagi farq 1 ochko.

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: OptaPaolo