“Yuventus”ning 560 kunlik peshqadamligi nihoyasiga etdi

15 sen 2019, 09:15
Italiya A seriyasining 3-turida “Yuventus” “Fiorentina (0:0) qarshiligini engga olmadi va mavsumda ilk bor ochko yo'qotdi.

Natijada uch tur yakunlariga ko'ra 100 foizlik natija ko'rsatgan “Inter” Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.

Turinliklar 560 kun deganda ilk bor karvonboshilikni topshirishga majbur bo'lishdi. “Yuve” so'nggi marta 2018 yilning 3 martida peshqadamlikni “Napoli”ga topshirib qo'ygandi. Ammo keyinchalik mavsum yakunida chempionlik baribir “keksa senora”ga nasib etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia