Yuriy Sarkisyan ikkinchi davrada murabbiylikka qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2013, 19:00
Farg'onaning "Neftchi" jamoasini uzoq yillardan buyon boshqargan Yuriy Sarkisyan o'zi uchun qadrdon bo'lib qolgan jamoasini tark etganidan so'ng, hech qayerda ishlamayapti.
Shu bois bugungi kunda oila davrasida xordiq chiqarayotgan Yuriy Vazgenovichga oliy liganing bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. O'zining boy tajribasiga ega bo'lgan murabbiy katta extimol ikkinchi davrani oliy liga klublarining birida o'tkazishi mumkin.

Tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Sarkisyanni "Sho'rtan" jamoasi taklif etish borasida muzokara o'tkazish niyatida. Shuningdek yana ayrim jamoalardan ham Yuriy Vazgenovichga qiziqish bo'lmoqda. Agar voqealar rivoji shu tarzda davom etsa, Sarkisyan uchun o'sha jamoa murabbiylik faoliyatidagi ikkinchi jamoaga aylanadi.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia